
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari 2026-yil 15-may kuni Aqtobe shahrida (Qozog‘iston Respublikasi) bo‘lib o‘tgan “Mehnat tibbiyoti, gigiyena va jamoat salomatligi: zamonaviy chaqiriqlar va profilaktika” mavzusidagi Xalqaro ilmiy-amaliy konferensiyada ishtirok etdilar. Konferensiya tashkilotchilari sifatida Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligi, “Qozog‘iston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining Sanitariya-epidemiologik nazorat qo‘mitasi” RGU, “Marat Ospanov nomidagi G‘arbiy Qozog‘iston tibbiyot universiteti” NAO, “Mehnat gigiyenasi va kasb kasalliklari milliy markazi” NAO hamda Qozog‘iston oziqlanish akademiyasi faoliyat yuritdi. Konferensiya ishida Qozog‘iston Respublikasi, O‘zbekiston Respublikasi, Rossiya Federatsiyasi, Polsha, Ozarbayjon, Qirg‘iziston Respublikasi hamda boshqa davlatlardan mutaxassislar ishtirok etdilar, bu esa mehnat tibbiyoti, gigiyena va jamoat salomatligi sohasida ilmiy va amaliy tajriba almashinuvining keng xalqaro doirada olib borilishiga imkon yaratdi. Konferensiya doirasida mehnat tibbiyoti, atrof-muhit gigiyenasi va jamoat salomatligining dolzarb masalalariga bag‘ishlangan ilmiy ma’ruzalar taqdim etildi. Tadbirda ishtirok etish yetakchi xalqaro ekspertlar bilan tajriba almashish, kasbiy va ekologik omillar bilan bog‘liq kasalliklarning oldini olishga oid zamonaviy yondashuvlarni muhokama qilish imkonini berdi. Konferensiya yakunlari bo‘yicha ilmiy hamkorlikni rivojlantirish, jumladan qo‘shma tadqiqotlar o‘tkazish, ilmiy nashrlar tayyorlash va xavf omillarini monitoring qilish tizimlarini takomillashtirish hamda jamoat salomatligini mustahkamlashga qaratilgan qo‘shma loyihalarni ishlab chiqish bo‘yicha kelishuvlarga erishildi.
Sog‘liqni saqlash vazirligining 3-sonli buyrug‘iga asosan “Hamshiralar kengashi” tashkil etilgan. “Hamshiralar kengashi” institut direktori R. Kamilova tomonidan tasdiqlangan Nizom asosida faoliyat yuritadi. Kengash tarkibiga yuqori malakali, amaliy ish tajribasiga va tashkilotchilik qobiliyatiga ega bo‘lgan o‘rta tibbiyot xodimlari jalb qilingan. Kengashning asosiy vazifasi — O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining sog‘liqni saqlash tizimiga oid farmon va qarorlari hamda Sog‘liqni saqlash vazirligining buyruqlari ijrosini ta’minlash, o‘rta tibbiyot xodimlarining nazariy va amaliy bilim hamda ko‘nikmalarini oshirishga ko‘maklashish, shuningdek, amaliyotda hamshiralar tomonidan bemorlarga ko‘rsatilayotgan tibbiy yordam sifatini takomillashtirishdan iborat. Kengash davolash ishlari bo‘yicha direktor o‘rinbosari M. Xamrakulova tomonidan tasdiqlangan reja asosida navbatdagi yig‘ilishni o‘tkazdi. Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Sog‘liqni saqlash vazirligining 2021-yil 8-yanvardagi 88-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksi” mavzusining mazmun-mohiyati o‘rta tibbiyot xodimlariga yetkazildi. Mavzu slayd-ko‘rgazmali ko‘rinishda keng yoritib berildi. Yig‘ilish davomida tibbiyot xodimlarining odob-axloq kodeksining mohiyati, tibbiy etika va deontologiyaning asosiy tamoyillari, bemor bilan muomala madaniyati, tibbiyot xodimining tashqi ko‘rinishi va ichki madaniyati, korrupsiyaga qarshi kurash hamda manfaatlar to‘qnashuvi haqida suhbatlar o‘tkazildi. O‘zaro savol-javoblar bo‘lib o‘tdi.
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti katta ilmiy xodimi, tibbiyot fanlari nomzodi (PhD) Kurbanbayeva Amangul ishtirokida ommaviy axborot vositalari uchun navbatdagi ma’rifiy chiqish tashkil etildi. Unda “Raqamli qaramlik: gadjetlar ruhiyatimizni qanday boshqaradi va doimiy onlayn bo‘lish nimasi bilan xavfli?” mavzusi atroflicha muhokama qilindi. Chiqish davomida raqamli texnologiyalar va gadjetlardan ortiqcha foydalanishning inson ruhiy holati, emotsional barqarorligi hamda kundalik hayot faoliyatiga ta’siri haqida batafsil ma’lumotlar berildi. Shuningdek, doimiy ravishda onlayn makonda bo‘lishning stress, uyqu buzilishi, diqqat pasayishi, ijtimoiy faollikning kamayishi kabi salbiy oqibatlari yuzasidan ilmiy asoslangan tavsiyalar taqdim etildi. Mutaxassis tomonidan ayniqsa yoshlar va bolalarda gadjetlarga qaramlikning oldini olish, raqamli gigiyena qoidalariga rioya etish, internet va mobil qurilmalardan me’yorida foydalanishning ahamiyati alohida ta’kidlandi. Mazkur chiqish aholi orasida sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish, ruhiy salomatlikni mustahkamlash hamda raqamli xavfsizlik madaniyatini oshirishga xizmat qildi.
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti klinikasida o‘rta tibbiyot xodimlarining kasbiy bilim va amaliy ko‘nikmalarini oshirish, ularni ishdan ajralmagan holda uzluksiz ta’lim bilan qamrab olish maqsadida reja asosida amaliy va nazariy dars mashg‘ulotlari oʻtkazildi. Master klass mashg‘uloti “Stenokardiya xuruji, sabablari, klinik belgilari, hamshira taktikasi. Miokard infarktining sabablari, simptomlari va birinchi tez tibbiy yordam. EKG qilish texnikasi” mavzusiga bag‘ishlandi. Mashg‘ulot davomida ishtirokchilarga stenokardiya va miokard infarktining kelib chiqish sabablari, klinik kechishi, shoshilinch holatlarda bemorga birinchi tez tibbiy yordam ko‘rsatish algoritmlari hamda hamshiralik taktikasi bo‘yicha batafsil nazariy ma’lumotlar berildi. Shu bilan birga, yurak-qon tomir tizimi bilan bog‘liq favqulodda holatlarda o‘rta tibbiyot xodimlarining tezkor va to‘g‘ri harakat qilishi yuzasidan amaliy tavsiyalar taqdim etildi. Master klassning amaliy qismida 12-kanalli EKG olish texnikasi bosqichma-bosqich namoyish etilib, elektrodlarni to‘g‘ri joylashtirish, bemorni tayyorlash va tekshiruvni sifatli o‘tkazish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar mustahkamlandi. Mazkur mashg‘ulot funksional diagnostika laboratoriyasi mudiri, shifokor Saginbekov Q.M. hamda hamshiralar Abdullaeva X. va Miralieva M. tomonidan olib borildi. Tadbir interaktiv savol-javoblar va amaliy mashg‘ulotlar asosida tashkil etilib, tinglovchilarning nazariy bilimlarini mustahkamlash hamda amaliy tajribasini oshirishga xizmat qildi.
Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti vakillari INNOPROM Central Asia xalqaro sanoat ko‘rgazmasida ishtirok etdilar. Mazkur ko‘rgazmada MDH va boshqa xorijiy davlatlardan yetakchi sanoat korxonalari, ilmiy tashkilotlar hamda biznes vakillari qatnashdi. Ko‘rgazma davomida institut vakillari avtomatlashtirilgan boshqaruv tizimlari, robototexnika, sun’iy intellekt asosidagi texnologiyalar, zamonaviy sanoat uskunalari, energiya tejamkor va ekologik yechimlar hamda innovatsion startap loyihalar bilan yaqindan tanishdilar. Amaliy namoyishlar orqali texnologiyalarning ishlash jarayonlari o‘rganildi. Shuningdek, mahalliy va xorijiy tashkilotlar vakillari bilan uchrashuvlar o‘tkazilib, tajriba almashish, hamkorlik istiqbollari va ilmiy-amaliy aloqalarni rivojlantirish masalalari muhokama qilindi. Ko‘rgazma yakunida sanoat va innovatsiya sohasidagi zamonaviy tendensiyalar yuzasidan xulosalar chiqarilib, olingan bilim va tajribalarni ilmiy-tadqiqot faoliyatida qo‘llash muhimligi ta’kidlandi.
26.03.2026 yil kuni tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq infeksiyalarni oldini olish choralari mavzusida respublika epidemiologlari, DPM bosh vrachlari, TTYo mutaxassislari va kursantlar ishtirokida davra muhokamasi bo‘lib o‘tdi.
224.03.2026 yil kuni tibbiy yordam ko‘rsatish bilan bog‘liq infeksiyalarni oldini olish choralari mavzusida davra muhokamasida ishtirok etildi. Muhokamada Toshkent shahar epidemiologlari, DPM bosh hamshiralari va TTYo mutaxassislari ishtirok etdi.
Yevropa Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan “Qishloq xo‘jaligini qo‘llab-quvvatlash va soha bo‘yicha bilimlarni oshirish dasturi (ASK Facility)” doirasida, oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligi sohasidagi vakolatli davlat organlari mutaxassislari, ilmiy xodimlar va tadbirkorlik subyektlari vakillari bilan oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi bo‘yicha xalqaro ekspert Kornelius Sonnevald ishtirokida “Kelib chiqishi hayvonotga mansub oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligi bo‘yicha sanitariya qoidalari, normalari va gigiyena normativlari (SanQvaN) loyihasining taqdimoti” va “Oziq ovqat mahsulotlari gigiyenasining umumiy tamoyillari” CXC 1-1969-son standarti asosida sut va sut mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash” mavzularidagi seminarlar o‘tkazildi. Mazkur seminarni Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ITI ning katta ilmiy xodimlari Nosirova A.R va Shoyusupova X.B. lar ishtirok etib, yangi SanQvaN loyihasi muhokama qilindi. Semianr mobaynidaoziq ovqat inspektorlari va operatorlari bilan amali y mashg‘ulotlar o‘tildi.
Toshkent davlat tibbiyot universitetining Pediatriya tibbiyot muzeyi tibbiyot tarixi noyob eksponatlar, asbob-uskunalar, hujjatlar va ko‘rgazmali materiallar bilan taqdim etilgan noyob maskandir.
Muzey ekspozitsiyalari tashrif buyuruvchilarni tibbiyot fanining rivojlanishi, shifokorlarning yutuqlari va davolash usullarining evolyutsiyasi bilan tanishtiradi. Muzey mutaxassislar uchun ham, sog‘liqni saqlash, fan va inson haqida ko‘proq bilishni istagan har bir kishi uchun ham qiziqarlidir.
O‘zbekiston respublikasi Jahon Savdo Tashkilotiga a’zo bo‘lish maqsadida hududlarning barcha mutaxassislari oziq-ovqat
xavfsizligi bo‘yicha ma’lumotga ega bo‘lishlari zarurdir. Shu maqsadda, Toshkent shahrida 9–17 dekabr kunlari Trener—
oziq-ovqat texnologiyasi bo‘yicha xalqaro ekspert.Frederik Mens bilan xamkorlikda “Oziq-ovqat xavfsizligi sohasida bilim
va ko‘nikmalarni oshirish maqsadida tashkil etilayotgan 3-bosqichli amaliiy trening” o‘tkazildi.
Treningda Sanitariya, gigiena va ilmiy-tadqiqot instituti ilmiy xodimlari Nosirova A.R, Atamuratova A. va Shoyusupova
X.B. lar mahalliy trenerlar sifatida malaka oshirishdi. Shuningdek, har bir trener hududlarning mutuxassislariga
taqdimotlar o‘tkazishdi.
Treningning asosiy maqsadlari: Oziq-ovqat xavfsizligi tizimida, xavfga asoslangan yondashuv, GHP, GMP, HACCP tamoyillari
kabi muhim elementlarni amaliyotga samarali joriy etish bo‘yicha ishtirokchilarning malakasini mustahkamlandi.
Har yili 1-dekabr butun dunyo bo‘ylab OITS (ODBYu)ga qarshi kurash kuni sifatida nishonlanadi. Ushbu sana jamiyatni bu xavfli kasallikka nisbatan ogohlikka chorlash, uning oldini olish va zararlangan insonlarni qo‘llab-quvvatlash maqsadida belgilangan.
OITSga qarshi kurashda eng muhim qadam — bu to‘g‘ri ma’lumotga ega bo‘lish va xavfsizlik qoidalariga amal qilishdir. Virus asosan himoyalanmagan jinsiy aloka, qon orqali yuqadi. Shu bois, profilaktika choralarini ko‘rish, muntazam tibbiy tekshiruvdan o‘tish va jamiyatda sog‘lom turmush tarzini targ‘ib qilish juda muhim.
Bu kunda odamlarda OITS bilan yashovchi kishilarga nisbatan mehr-shafqat, tushunish va ularni qo‘llab-quvvatlash ruhi yanada kuchayadi. Chunki har bir inson hurmat va g‘amxo‘rlikka loyiq. Shu munosabat bilan SGKK ITI xodimlari Toshkent davlat tibbiet universiteti qoshidagi tibbiyot litseyda bu OIV va OITS bo‘yicha ma’ruza bo‘lib o‘tdi.
Kasb kasalliklari klinikasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi kuniga bag‘ishlangan tantanali yig‘ilish bo‘lib
o‘tdi.
Tadbir davomida xodimlar Konstitutsiyaning tarixiy ahamiyati, asosiy tamoyillari va fuqarolarning huquqlarini
mustahkamlashdagi o‘rni yoritilgan mavzuli prezentatsiyada ishtirok etdilar.
Shuningdek, mamlakatda amalga oshirilayotgan islohotlar va huquqiy tizimning yanada rivojlanishi haqida ma’lumotlar
taqdim etildi.
Yig‘ilish davlat qadriyatlariga hurmat, huquqiy madaniyat va fuqarolik mas’uliyatining ahamiyatini ta’kidladi.
Senat pestitsidlar bo‘yicha davra suhbatini o‘tkazdi
27-noyabr kuni Oliy Majlis Senatining Fan, ta’lim va sog‘liqni saqlash masalalari qo‘mitasi O‘zbekiston Strategik
rivojlanish agentligi bilan hamkorlikda "Pestitsidlar va ularning aholi salomatligiga ta’siri" mavzusida davra suhbati
tashkil etdi. Tadbirda tegishli vazirlik va idoralar vakillari ishtirok etdilar.
Ishtirokchilar pestitsidlarni olib kirish, ro‘yxatdan o‘tkazish, ishlab chiqarish, saqlash va ulardan foydalanish bilan
bog‘liq to‘planib qolgan hal etilmagan muammolarni ko‘rsatib o‘tdilar. Zamonaviy sharoitda pestitsidlarning inson
salomatligiga ta’siri alohida ta’kidlandi.
Muhokama davomida ishtirokchilar dolzarb masalalarni ochiq muhokama qildilar. Normativ-huquqiy bazani takomillashtirish,
pestitsidlarning xavfli turlarini taqiqlash, laboratoriya imkoniyatlarini rivojlantirish, ilmiy tadqiqotlar olib borish,
aholining, ayniqsa, onalar va bolalar salomatligiga ta’sir qilish xavfini kamaytirish bo‘yicha 20 dan ortiq taklif
bildirildi.
Muhokama natijalari asosida Senat qo‘mitasi tomonidan Parlament so‘rovi tayyorlanadi. Ushbu kanalga obuna bo‘ling: 👉
Telegram kanal
Bugungi kunda respublikamizda BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkilotining (FAO) texnik ko‘magida “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini kuchaytirish va savdosiga ko‘maklashish maqsadida oziq-ovqat mahsulotining nazorati tizimini baholash" TCP/UZB/4002 (755033) loyihasi amalga oshirilmoqda. Ushbu loyiha doirasida FAO/JSSTning “Oziq-ovqat mahsulotining nazorati tizimlarini baxolash vositasi” yordamida oziq-ovqat mahsulotining xavfsizligini ta’minlashga doir ma’lumotlarni tahlil kilindi. Muhokamada BMTning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO), jumladan, uning Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy byurosi (Budapesht) vakili Meri Kenni xonim shuningdek, loyihaning milliy koordinatori sifatida Qo‘mita raisining birinchi o‘rinbosari N.S.Atabekov, milliy konsultant sifatida A.N.Shukurov, ekspertlar sifatida SGKK ITI katta ilmiy xodimi A.R.Nosirovalar va boshqalar ishtirok etishdi. Muhokama doirasida dalillarga asoslangan ko‘p tomonlama yondashuv orqali oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi tizimining samaradorligini tahlil kilish hamda vakolatli organlar xodimlarining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligi nazorati bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va O‘zbekistonda ushbu tizimni strategik rivojlantirish buyicha tavsiyalar ishlab chikish kabi masalalar tahlil qilindi va hisobotlar o‘qib eshittirildi.
Doktorantlar xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasida. UZMEDEXPO 2025
"UzMedExpo 2025" 17-xalqaro tibbiyot ko‘rgazmasi 2025-yil 4-6-noyabr kunlari Toshkent shahrida bo‘lib o‘tdi.
"O‘zekspomarkaz" majmuasi.
Tadbir turli mamlakatlardan 100 dan ortiq kompaniyalarni to‘plab, tibbiyot sohasidagi eng so‘nggi yechimlarni taqdim etdi.
asbob-uskunalar, farmatsevtika, stomatologiya, tibbiy turizm va axborot texnologiyalari.
Doktorantlarimiz ham ko‘rgazmaga tashrif buyurib, zamonaviy tibbiy texnologiyalar namoyishidan mamnun bo‘lishdi.
kasalxonalar va klinikalar uchun mo‘ljallangan asbob-uskunalar va mahsulotlar.
O‘qituvchilar uchun trening: Maktabda bolalarni xavfsiz va ekologik ovqatlanishga o‘rgatish
Yetinchi noyabr oyida Toshkent viloyati, Zangiota tumanida boshlang‘ich sinf o‘qituvchilari uchun trening tashkil etildi. Ushbu treningning maqsadi — pedagoglarning oziq-ovqat xavfsizligi, sog‘lom ovqatlanish tamoyillari va ekologik barqaror ovqatlanish odatlari bo‘yicha bilim va ko‘nikmalarini mustahkamlashdir.
Shuningdek, interaktiv guruh ishi orqali sog‘lom ovqatlanishni targ‘ib qiluvchi maktab tadbirini rejalashtirish bo‘yicha mashq bajarildi.
Ushbu treningda pilot maktablarning 20 nafar o‘qituvchisi ishtirok etdi va ular maktablarda sog‘lom ovqatlanish madaniyatini shakllantirish bo‘yicha amaliy ko‘nikmalar oldilar.
Tadbir yakunida o‘qituvchilarga bolalarga sog‘lom ovqatlanish va tabiatni asrash bo‘yicha dars jarayonida foydalanishlari uchun maxsus o‘quv qo‘llanmalari topshirildi.
Institut Ilmiy kengash yig‘ilishida dissertant M.J. Muzaffarovning tibbiyot fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) ilmiy darajasini olish uchun taqdim etiladigan “Chorvachilik xizmatchilarining ovqatlanishini muvofiqlashtirishni gigienik asoslash (Surxondaryo viloyati misolida)" mavzusidagi dissertatsiyasi bo‘yicha ma’ruza taqdimoti va muhokamasi.
Sizning 2025-yil 6-oktabrdagi 01-09/9541-sonli ko‘rsatma xatingizga javoban, 21-oktabr – O‘zbekistonda “O‘zbek tili bayrami kuni” sifatida keng nishonlanishini e’tiborga olib, SGKKITI klinikasida ma’rifiy kecha tashkil etildi. Tadbir davomida xodimlar uchun rasmiy hujjatlarda va xizmat ko‘rsatishda davlat tili me’yorlariga rioya qilish, savodxonlik va nutq madaniyatini oshirish masalalari muhokama qilindi.
Tadbirda o‘zbek tili tarixi va ma’naviy merosi haqida slaydlar namoyish etildi. Ma’rifat va ma’naviyat bo‘yicha mas’ul Mamadaliyev S.B. tomonidan tayyorlangan “O‘zbek tili bayrami” mavzusidagi taqdimot ham ko‘rsatildi. Tadbirda qatnashganlar ko‘tarinki ruhda ishtirok etdilar.
Poytaxtimizda joriy yilning 25-29 avgust kunlari Alimentarius kodeksiga muvofiq gigienaning umumiy tamoyillarini muhokama qilish maqsadida ekspert Kis Sonneveld trenerligida seminar o‘tkazildi. Seminarda Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ITI ilmiy xodimlari -Nosirova A., Tillaeva Shd, Tillaeva Sht, Kurbanbaeva A., Atamuratova A. va Shoyusupova X. lar ishtirok etishdi.
Seminarning asosiy maqsadi: - Ishtirokchilarni Kodeks Alimentarius asosiy qoida va me’yorlari hamda gigiena amaliyotining bir qismi bo‘lgan "Umumiy gigiena tamoyillari" bilan tanishtirish. - "Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligiga qo‘yiladigan umumiy sanitariya-gigiena talablari" SanQvaNni ishlab chiqish. - Oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish bo‘yicha inspektorlarni xavflarni baholash kabi zamonaviy usullardan foydalangan holda kelgusidagi tekshiruvlarga tayyorlash kabi mavzular ko‘rildi.
3-11 sentyabr kunlari ekspert Frederik Mens trenerligida – Gigienaning umumiy tamoyillari (GHP qismi) hamda go‘sht va sut mahsulotlari ishlab chiqarishda HACCP tizimiga urg‘u berilib seminar trening o‘tkazildi. Bunda Xavfni baholash asosida oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash, mevalar-sabzavotlarni qayta ishlashda HACCP tizimi tamoyillari xaqida muxokamalar o‘tkazildi
Joriy yilning 25 avgust kuni O‘zbekiston delegatsiyasi Ozarbayjonga tashrif buyurdi. Delegatsiya tarkibida Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti ovqatlanish gigienasi laboratoriya katta ilmiy xodimi Nosirova A.R. ishtirok etdi.
Tashrif maqsadi mamlakatda oziq-ovqat xavfsizligi tizimini yaratishdagi muvaffaqiyatli tajriba almashishdan iborat.
Safar davomida delegatsiya Ozarbayjon Oziq-ovqat xavfsizligi agentligi (AFSA) va Ozarbayjon Oziq-ovqat xavfsizligi instituti (AFSI) mutaxassislari bilan uchrashib, quyidagi masalalarni muhokama qiladi:
oziq-ovqat xavfsizligi bo‘yicha qonunchilik va nazorat tizimlari;
favqulodda vaziyatlarda boshqaruv va tezkor ogohlantirish tizimlari;
import-eksport jarayonlari va “yagona darcha” tajribasi;
yangi mahsulotlar va qo‘shimchalarni ro‘yxatdan o‘tkazish mexanizmi;
jamoatchilik bilan ochiq muloqot va axborot almashish.
Tashrif FAOning “Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirish va savdoga ko‘maklashish maqsadida oziq-ovqat mahsulotlari nazorati tizimini baholash” loyihasi doirasida tashkil etilgan bo‘lib, O‘zbekistonda oziq-ovqat xavfsizligi tizimini yanada mustahkamlashga xizmat qiladi.
2025-yilning 21 aprel kuni Buxoro shahridagi Buxoro innovatsion ta’lim va tibbiyot universitetida “Fan, ta’lim, tibbiyotda innovatsion texnologiyalar, davolashning dolzarb muammolari va ularning yechimlari” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy konferensiyasida Sanitariya, gigiena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot institutining mutaxassislari ham ma’ruzalar bilan ishtirok etdilar. Shuningdek anjuman maqola va tezislar to‘plamida ilmiy ishlanmalar sifatida chop etildi. Anjumanda tibbiyotning profilaktika va davolash diagnostika yo‘nalishi bo‘yicha bir qator qiziqarli ma’ruza va taqdimotlar bo‘lib o‘tdi. Mazkur tadbirdagi yosh olimlarning zamonaviy profilaktika va diagnostika yo‘nalishidagi ilmiy asoslangan taqdimotlari tibbiyotdagi muammolarni ma’lum bir darajada yechimi sifatida ko‘rish mumkin.
2025-yil 8-10 aprel kunlari Toshkent shaxrida Birlashgan Millatlar Tashkilotining Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO) O‘zbekiston Respublikasidagi vakolatxonasi tomonidan oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirish, iste’molchilar sog‘lig‘ini himoya qilish, muvozanatli va sifatli ovqatlanishdan foydalanishni ta’minlash hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xalqaro savdosida raqobatbardoshlikni oshirish maqsadida FAO "Oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini oshirish va savdoni rivojlantirish uchun oziq-ovqat mahsulotlari sifatini nazorat qilish tizimini baholash" nomli yangi loyihani amalga oshirish bo‘yicha o‘quv seminari tashkil qilindi. Loyiha doirasida quyidagi natijalarga erishish kutilmoqda:
1. Dalillar va ma’lumotlarga asoslangan ko‘p tomonlama yondashuvdan foydalangan holda oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini ta’minlash tizimi samaradorligini tahlil qilish.
2. Vakolatli organlar xodimlarining oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligini nazorat qilish tizimi bo‘yicha bilimlarini mustahkamlash va O‘zbekistonda ushbu tizimni strategik rivojlantirish uchun tavsiyalar ishlab chiqish.
Jahon sog‘liqni saqlash tashkiloti ko‘magida joriy yilning 18-dekabr kuni Modernohotel mehmonxonasida O‘zbekiston Respublikasida Xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarining (XTST-2005) bajarilishi bo‘yicha o‘z-o‘zini baholash (SPAR) asosida mamlakat hisobotini tayyorlash bo‘yicha ishchi guruh yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Mazkur yig‘ilishda Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti Oziqlanish gigiyenasi laboratoriyasi (PhD) katta ilmiy xodimi A.R. Nosirova ishtirok etdi
Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasida 2023-yilda xalqaro tibbiy-sanitariya qoidalarini amalga oshirish bo‘yicha SPAR 2024 hisoboti taqdimoti va muhokamasi o‘tkazildi.
25-26-NOYABR KUNLARI SANITARIYA-EPIDEMIOLOGIK MUVOFIQLIK VA JAMOAT SALOMATLIGI QO‘MITASI HAMDA AQSH XALQARO TARAQQIYOT AGENTLIGI (USAID) BILAN HAMKORLIKDA O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY TA’LIM MUASSASALARIDA O‘TKAZILADIGAN SEMINAR O‘TKAZILDI
Oziq-ovqat xavfsizligining umumiy tamoyillari va Qadoqlangan oziq-ovqat mahsulotlarini markirovkalash kodeksining umumiy standarti SXS 1-1985 (2018-yil versiyasi). Britaniyaning BSI-KSA standartlar institutining oziq-ovqat xavfsizligini texnik jihatdan tartibga solish bo‘yicha mutaxassisi Kornelius Sonnevald tamg‘alashning muhim talablarini aniqlash va asosiy qoidalariga bag‘ishlangan seminar-trening o‘tkazdi. Ushbu seminar-treningda Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti ovqatlanish gigiyenasi laboratoriyasi katta ilmiy xodimi (PhD) Nosirova A.R., SanQvaN ishchi guruhi a’zolari: Tillayeva Sh.O. va Atamuratova O.S. ishtirok etdilar.
Seminar davomida oziq-ovqat sanoati obyektlari va uskunalarini loyihalashga qo‘yiladigan talablar, oziq-ovqat mahsulotlari xavfsizligining umumiy tamoyillari, oziq-ovqat mahsulotlari va jarayonlarining tavsifi, qaror qabul qilish daraxti, jarayonlarning gigiyenik talablariga rioya qilinmasligining oldini olish, tekshirish, vaqt va haroratni boshqarish tizimi, xavflarni tahlil qilish va Yevropa Ittifoqining oziq-ovqat sanoati nuqtalarini tanqidiy nazorat qilish, NUTCORE haqida ma’lumotlar muhokama qilindi.
Korrupsiyaga qarshi kurash mamlakatimiz taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida belgilangan va uning jahon hamjamiyatidagi muhim o‘rni sifatida e’tirof etilgan. So‘nggi yillarda ushbu sohada konseptual ahamiyatga ega bo‘lgan normativ-huquqiy hujjatlar, korrupsiyaning oldini olishga qaratilgan ma’muriy islohotlar bunga misol bo‘la oladi. Korrupsiyaga qarshi kurashning samarali usullaridan biri bu har bir faoliyat bosqichida oshkoralik, ochiqlik va shaffoflikni ta’minlashdir.
Ayniqsa:
1. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha tuzilma tashkil etildi;
2. Qo‘mitaning korrupsiyaga qarshi siyosati, korrupsiya xavfini baholash metodologiyasi, manfaatlar to‘qnashuvini boshqarish to‘g‘risidagi nizom hamda shunga o‘xshash 11 ta idoraviy hujjat xalqaro standartlarga muvofiq qabul qilinib, amaliyotga joriy etildi;
3. Korrupsiya holatlari haqida ijtimoiy tarmoqlar, elektron pochta manzillari, rasmiy veb-sayt va "ishonch telefoni" orqali uzluksiz xabardor qilish tizimi yo‘lga qo‘yildi;
4. Korrupsiyaga qarshi kurashish, korrupsiya xavflari, korrupsiyaga qarshi choralar samaradorligini oshirish, xodimlarning etikasi kabi masalalarda huquqiy bilimlarni oshirish bo‘yicha o‘quv seminarlar va davra suhbatlari tashkil etildi;
6. Korrupsiyaga qarshi kurash bo‘yicha ishlar samaradorligini reyting asosida baholash tadbirlari ro‘yxati, alohida funksiyalar bo‘yicha xavf kartasi, korrupsiya xavfiga ko‘proq duchor bo‘ladigan soha va lavozimlar ro‘yxati hamda ularning funksiyalari, yuqori korrupsiya xavfiga ega munosabatlarni bartaraf etish dasturi ishlab chiqilib ijroga yo‘naltirildi;
7. Korrupsiyaga qarshi kurashish bo‘yicha erishilgan natijalar va kamchiliklar ommaviy axborot vositalari va rasmiy veb-saytlarda muntazam yoritib boriladi;
8. Ochiq, shaffof va adolatli tizimlar orqali tanlov asosida ishga qabul qilish jarayonlarini amalga oshirish tizimi takomillashtirilmoqda; Sanitariya, gigiyena va kasб kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari, agar siz qonun buzilishi yoki noqonuniy harakatlarga guvoh bo‘lsangiz, sizga murojaat qilishlari mumkinligi qayd etildi.
479 / 1000
Jismoniy va yuridik shaxslarning murojaatlarini “ishonch telefonlari” orqali qabul qilish har kuni (shanba va yakshanbadan tashqari) soat 9:00 dan 18:00 gacha amalga oshiriladi. Fuqarolar Sanitariya, gigiyena va kasб kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti xodimlari tomonidan sodir etilgan yoki sodir etilayotgan korrupsiya va boshqa noqonuniy harakatlar, jinoyatlar va boshqa huquqbuzarliklar haqida xabar berishlari mumkin.
Murojaatlar anonimligi va murojaatchining shaxsiy ma’lumotlarining maxfiyligi kafolatlanadi. Ishonch telefoni orqali kelib tushgan murojaatlar belgilangan tartibda ro‘yxatga olinadi va qonunchilikda belgilangan tartibda va muddatlarda ko‘rib chiqiladi.
Sanitariya, gigiyena va kasб kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti jamoasi korrupsiyaga qarshi kurashish sohasida qabul qilingan amaldagi qonunchilik va idoraviy hujjatlarga, shuningdek, kasbiy etika qoidalariga qat’iy rioya qilgan holda ushbu tashabbusni qo‘llab-quvvatlashiga va korrupsiyaga qarshi chora-tadbirlarni shaxsiy namunasi bilan amalga oshirishiga ishonaman. Xodimlar ushbu illatdan yiroq bo‘lishlari kerak.
Date17.12.2024
Korrupsiya – lotincha “corrumpo” buzilish, aynish, tanazzul degan ma’nolarni anglatadi.
“Korrupsiya – shaxsning oʻz mansab yoki xizmat mavqeidan shaxsiy manfaatlarini koʻzlab moddiy yoki nomoddiy naf olish maqsadida qonunga xilof ravishda foydalanishi, xuddi shuningdek, bunday nafni qonunga xilof ravishda taqdim etish”.
Korrupsiyaga qarshi kurashish va uning oldini olish bo‘yicha hujjatlar:
Korrupsiyaga oid asosiy tushunchalar:
Korrupsiyaviy jinoyatlar – mansabdor shaxs tomonidan shaxsiy yoki boshqa manfaatlar uchun vakolatdan foydalanish.
Korrupsiyaga oid huquqbuzarlik – korrupsiya alomatlariga ega bo‘lgan va qonunda javobgarlik ko‘zda tutilgan qilmish.
Manfaatlar to‘qnashuvi – shaxsiy manfaatlar va davlat yoki jamoat manfaatlari o‘rtasidagi qarama-qarshilik.
Pora – xizmat mavqeidan foydalangan holda moddiy naf evaziga harakatni bajarish yoki bajarmaslik.
Pora olish – mansabdor shaxs tomonidan moddiy qimmatliklar olish orqali noqonuniy harakat qilish.
Pora berish – moddiy qimmatliklar berish orqali mansabdor shaxsni noqonuniy harakatga undash.
Pora olish-berishda vositachilik qilish – ushbu jarayonda vositachi sifatida ishtirok etish.
Mansabdor shaxs – doimiy, vaqtincha yoki maxsus vakolat bo‘yicha tayinlanadigan yoki saylanadigan, hokimiyat vakili vazifalarini bajaradigan yoxud davlat organlarida, fuqarolarning o‘zini o‘zi boshqarish organlarida, korxonalarda, muassasalarda, tashkilotlarda tashkiliy-boshqaruv yoki ma’muriy-xo‘jalik vazifalarini amalga oshiradigan shaxs.
Xizmatchi – davlat organi yoki boshqa tashkilotda mehnat faoliyatini amalga oshiruvchi, lekin mansabdor shaxs alomatlariga ega bo‘lmagan shaxs.
Keng tarqalgan korrupsion huquqbuzarliklarning eng ko‘p uchraydigani – poraxo‘rlik.
Ushbu jinoyatlarda quyidagi ishtirokchilar qatnashadi:
Pora predmeti:
Quyidagi holatlar jinoyat hisoblanadi:
Korrupsiya – jamiyatning rivojlanishi va demokratik davlat qurish yo‘lidagi eng katta to‘siqdir. U iqtisodiyot, huquq-tartibot, ta’lim va boshqa sohalarni izdan chiqaradi.
Xalq — davlatning birdan bir manbai bo‘lsa-da, korrupsiya davlat mexanizmini ishdan chiqarib, fuqarolarning huquq va erkinliklariga zarar yetkazadi. Bu esa demokratiya uchun jiddiy xavf tug‘diradi.
O‘zbekiston Respublikasining amaldagi qonunlariga ko‘ra, quyidagi jazolar belgilanishi mumkin:
Agar sizga pora taklif qilinsa:
Unutmang: poraxo‘rlik jinoyat hisoblanadi. O‘z martabangizni foyda uchun xavf ostiga qo‘ymang!
1-QADAM: Ariza yozish
Arizada quyidagilar ko‘rsatiladi:
Yozma arizada F.I.Sh., manzil va imzo bo‘lishi zarur. Og‘zaki murojaatda bayonnoma tuziladi.
2-QADAM: Arizaning qabul qilinganligiga ishonch hosil qiling
3-QADAM: Nazorat qiling
Ariza bo‘yicha ko‘rilgan choralar haqida sizga ma’lumot berilishi lozim.
4-QADAM: Shikoyat qilish
Agar arizangiz qabul qilinmasa, yuqori tashkilotga murojaat qilishingiz mumkin (masalan, tuman prokuraturasi rad etsa — viloyat yoki Bosh prokuraturaga).
🐀Yolg'on xabar berganlik uchun Jinoyat kodeksining 237-moddasida;
🛑 Tuhmat qilganlik uchun Jinoyat kodeksining 139-moddasida;
🛑 Tuhmat uchun Ma'muriy javobgarlik to'g'risidagi kodeksning 40-moddasida javobgarlik belgilangan va bu harakatlar uchun javobgarlik mavjud.
Pora berishga undash sifatida talqin qilinishi mumkin bo‘lgan iboralar:
Quyidagi holatlar ham pora berishga taklif sifatida baholanishi mumkin:
Yashash joyingizga yaqin joylashgan huquqni muhofaza qiluvchi organlarga og‘zaki, yozma yoki elektron shaklda murojaat qilishingiz mumkin: