НИИ СГПЗ МЗ РУз
Научно-исследовательский институт санитарии, гигиены и профессиональных заболеваний

 

НИИ СГПЗ МЗ РУз образован на основании Распоряжения Совета Народных Комиссаров УзССР №685 от 16 июля 1934 года как Государственный Научно-исследовательский институт санитарии и гигиены НКЗдрава УзССР.




 

 

 

 

 

 

 

НОВОСТИ

29.11.2023 йил куни соат 09:30 да Санитария, гигиена ва касб касалликлари илмий-тадкикот институтида 14.00.07 Гигиена ихтисослиги буйича таянч докторантурага (PhD) қабул имтиҳони бўлиб ўтади.

29.11.2023 года в 09:30 в НИИ санитарии, гигиены и профессиональных заболеваний пройдёт вступительный экзамен в базовую докторантуру (PhD) по специальности 14.00.07 Гигиена.

TELEGRAM

 

YOUTUBE

 

 

 

2023/2024 укув йилида клиник ординатура (резидентура)га кабул килиш тугрисида

 

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti (keyingi o‘rinlarda Institut deb yuritiladi) - profilaktik tibbiyot boʻyicha yagona ilmiy-tadqiqot muassasasi bo‘lib, ilmiy qism, klinika va dispenser strukturasini o‘z ichiga oladi. Institutning ilmiy qismi 9 ta ixtisoslashtirilgan ilmiy laboratoriyalarni o‘z ichiga oladi, ularning tadqiqotlari quyidagi yo‘nalishlarni o‘rganishga qaratilgan:

- aholi punktlari hududlarini tozalashning ekologo-gigiyenik va sanitar-mikrobiologik muammolari, tuproq, suv va atmosfera havosini sanitariya muhofazasi;
- yangi pestitsidlar va mineral o‘g‘itlarning toksikligi;
- ishlab chiqarish omillarining ishchilar organizmiga ta‘siri;
- bolalar, o‘smirlar va yoshlar salomatligi;
- aholi oziq-ovqat xavfsizligining gigiyenik muammolari.

Laboratoriya mudirlari va ilmiy laboratoriyalar xonalari

 

Bugungi kunda institutda 169 nafar, jumladan, 18 nafar ilmiy xodimdan iborat bo‘lib, ulardan 10 nafari tibbiyot fanlari doktori, 6 nafari tibbiyot fanlari nomzodi. Hozirgi vaqtda institut bazasida – 29 nafar doktorant tahsil olmoqda, ularning ilmiy-tadqiqot ishlarini o‘z vaqtida va sifatli bajarishi uchun barcha sharoitlar yaratilgan.

1, 2 va 3-bosqich doktorantlari

Hozirgi kunda kasb kasalliklar klinikasi va dispanser bo‘limida 26 nafar tor ixtisoslikdagi profpatologlar faoliyat olib boradi, ulardan 2 nafari tibbiyot fanlari doktori va 4 nafari tibbiyot fanlari nomzodi.

Klinika shifokor va hamshiralari

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasida kasbiy kasalliklarga ega bo‘lgan bemorlar davolanishlari va hordiq chiqarishlari uchun barcha shart-sharoitlar yaratilgan.

1 / 4
2 / 4
3 / 4
4 / 4

 

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasi tomonidan quyidagi tibbiy xizmatlar ko‘rsatiladi.

 

 

 

 

 

 

 

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot instituti klinikasiga murojat qilgan har bir bemor chuqurlashtirilgan tibbiy ko‘riklarlardan o‘tkazilib, so‘ngra davolash ishlari olib boriladi. Bundan tashqari Sog‘liqni saqlash vazirligining 200 sonli buyrug‘ini ijrosini ta‘minlash maqsadida institut xodimlari salomatligini baholash uchun muntazam ravishda davriy tibbiy ko‘rikdan o‘tkazib boriladi.

 

 

Sanitariya-gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy tadqiqot institutida jami 11 ta laboratoriya o’z ish faoliyatini olib bormoqda. Shu laboratoriyalardan biri “Gigiyenada tibbiy biologik tadqiqotlar” laboratoriyasi bo’lib, barcha turdagi bioximik analizlar bajariladi. Jumladan umumiy oqsil, transferazalar, glukoza, xolesterin, jigar fermentlar va boshqalar.

 

SHIRIN GAZLI SALQINLASHTIRUVCHI VA ENYERGYETIK ICHIMLIKLARNING BOLALAR XAMDA AHOLI SALOMATLIGIGA TA’SIRI

Dunyo bo’yicha turli xildagi salqin ichimlar ishlab chiqarilishining ortishi tabiiyki aholi orasida ularning iste’molining keskin ko’payishiga olib kelmoqda. Shirin gazli ichimliklar tarkibida odatda suv, ta’m beruvchi (8-12%), uglerod ikki oksidi (0,3-0,6%), nordonlashtirgich (0,05-0,3%), xushbo’ylashtirgichlar (0,1-0,5%), rang beruvchi (mln.ga 0/70 qism), kimyoviy konservantlar (ruxsat etilgan me’yorda), antioksidanlar (mln.ga <100 qism) va/yoki ko’pik hosil qiluvchilar (m: saponinlar 200mg/ml.ga) mavjud. Shu jumladan shakar o’rnini bosuvchi moddalar ko’plab gazli ichimliklarda tayyorlashda qo’llaniladi. Shirin gazli ichimliklar tarkibidagi ba’zi bir ingridiyentlar (konservant va shakar o’rnini bosuvchi moddalar) ichimliklarni ko’p iste’mol qilish natijasida inson salomatligida ko’plab salbiy o’zgarishlarga olib kelishi mumkin. Ayniqsa, tabiiy turdagi shakar o’rnini bosuvchi moddalar tarkibida mavjud ichimliklarni iste’mol qilish natijasida, odam vaznining keskin oshishi kuzatiladi, sababi bu ichimliklar organizmning xar bir kilogramm vazniga 1,5-4,0 kaloriyagacha energiya bilan ta’minlaydi. Shirin gazli salqinlashtiruvchi ichimliklarning organizmga ta’siri dunyo xamjamiyati olimlari tomonidan hamda, diyetolog va ko’pgina boshqa mutaxassislarning e’tiborlarini jalb qilmoqda. Shirin gazli salqinlashtiruvchi ichimliklarning tez-tez yoki doimiy iste’moli aholi va uning turli qatlamlarida alimentar bog’liq kasalliklarning rivojlanishiga sabab bo’lishi, ya’ni ularning tarkibidagi shakarning miqdori kunlik ratsionda iste’mol qilinishi kerak bo’lgan miqdordan bir necha barobar ortishi natijasida turli xildagi metobolik o’zgarishlar, semizlik holatlari hamda ikkinchi toifadagi qandli diabetning yuzaga kelib chiqish sabablaridan biri bo’lishi mumkinligi dunyo olimlari tomonidan isbotlangan.

 

 

 

Sanitariya, gigiyena va kasb kasalliklari ilmiy-tadqiqot instituti tayanch doktorantlari sanitar holatini gigiyenik baholash va mikroiqlim ko’rsatkichlarini bolalar organizmiga ta’sirini o’rganish maqsadida Surxandaryo viloyati Sariosiya tumani Sangardak qishlog’ida joylashgan maktabgacha ta’lim muassasalarida tekshiruv ishlarini olib bormoqda.

 

 

 

ОБЪЯВЛЕНИЕ!

 

    Авария ҳолатидаги пишиқ ғиштдан бўлган, литер бўйича 0001А шифохона биноси уч қаватли ертўласи билан, авария холатидаги литер бўйича 0002Б омборхона биноси, авария холатидаги литер бўйича 0003В ёрдамчи биноси, аврия холатидаги литер бўйича 0004Г шифохона ёрдамчи биноси (Физиотерапия,Узи) ва литер бўйича 0005Д виварий биноларини бузиш, демонтаж қилиш ва сотишга эълон берилган.

    Продаётся под слом 3-х этажное кирпичное здание с подвалом в аварийном состоянии по адресу: г.Ташкент, Мирзо-Улугбекский район, ул. Олтинтепа, д. 325. Условия: демонтаж здания, вывоз мусора и очистка территории.

 

Архив новостей

Об институте

Научно-исследовательский институт санитарии, гигиены и профессиональных заболеваний (НИИ СГПЗ МЗ РУз) является государственным подведомственным учреждением Министерства здравоохранения Республики Узбекистан.

Подробнее об институте